Uchrashib qolsak qanday qaraysan ko'zimga
Yoki yolg'izlanib meni eslaganingda
Balki ko'ngling yig'lar pinhon qayg'urar
Zora jonlanib ketar dilingdagi tuyg'ular
Yengil hayot boyliklar ustunroqmidi senga
Ularning ketidan qara aylanding kimga
Aksingdan so'ra ayblashdan ko'ra
Axir ajratgan o'zingku bizni bir umrga
Tuyg'ularim parcha parcha parcha
O'tdi yillar ancha ancha ancha
Soxtaliging bilganimda
Bilasanmi qiynalgandim qancha
Nega endi bugun sen yonimda
Endigina yurak voz kechganda
Yoki ataylab ozor berish uchun
Keldingmi yana
Tuyg'ular parcha parcha parcha
Qiynaldim ancha ancha ancha
Sevmasliging bilib turib
Bilasanmi ezilgandim qancha
Nega endi sen qayting yonimga
Ozor berib ataylab jonimga
Meni endi qo'ygin o'z holimga
Biz yurgan ko'chalar seni eslatar har kun
Yurak havotirda sendan negadir bugun
Gohi ko'rgim kelar gohi aytgim kelar
Aytolmagan gaplarim ichimni yemirar
Sen orzu qilgan boylik bugun menda bor
Lek biz kutgan mehr ayt qay birimizda bor
Qiynaydi savol bo'ldi kimga zavol
Boylikka mag'lub bo'lgan sevgim senga uvol
Tinchlan yurak deyman
Qo'lda silta bariga mayli deymanu
Tinch qo'y menga tegma
Sog'inchlarim mani boshimni egma
Meni majbur etma qaytishimga