Osmon, oxiri yo'q yulduzlar
Shu yulduzlarga qarab seni izlayman
Bulutlar, yopmanglar ko'klarni
Uni yulduzlardan so'rab, tunlar yig'layman
Vaqt davo derlar har bir dardga
Nega davo bo'la olmayapti unda menga?
Menga vaqt o'tishi emas, menga u kerak
U ketgan kundan beri vaqt ham to'xtab qolganday
Yomg'ir buncha yog'masang ayt, kun bo'yi?
Gulim so'lib bo'ldi, unmaydi endi
Uni sen ham, men ham endi qaytarolmaymiz
Faqat bir chetda eslab yig'laymiz
Qara, x'ol bo'lib yotar xazonlar
Shu xazonlar tagida mani gulim yotar
Kecha yam-yashil edi barglari
Bugun sap-sariqdir ranglari