Agar ishi tushsa bo'lar muloyim
Meni ishim tushsa yuz burar doim
Joyingiz Jannatdan bo'lsin iloyim
Meni sindirmoqchi bolgan kimsalar
Mansabing bor mahal sharobing ichar
Tunu kun maqtaydi borini sochar
Gar nafim tegmasa kafanim bichar
Meni so'ndirmoqchi bolgan kimsalar
Non tuzimni yeb turgan kimsalar
Bildirmay ortimdan kulgan kimsalar
O'zi kimligini bilgan kimsalar
Sondirmoqchi sindirmoqchi bo'lgan kimsalar
Ko'nglimga yo'l topib nonimni totar
Ilonday payt poylab bag'rimda yotar
Sirimni fosh etib nomimni sotar
Meni so'ldirmoqchi bo'lgan kimsalar
Do'st dedi ishondim qo'limni berdim
Ayyorga qaydanam dilimni berdim
Oh yomon pand yedim jigarim derdim
Meni tindirmoqchi bo'lgan kimsalar
Ey pul bor endi shartingiz ayting
Sizga qancha kerak dardingiz ayting
Qadringizni emas narxingizni ayting
Yo'lda qoldirmoqchi bo'lgan kimsalar
Bir o'zing qo'llagin yaratgan Egam
Ularga boshimni egmagin hech ham
Men o'zinga soldim ularni har dam
Sinovda ustimdan kulgan kimsalar