Sevmasang sevmasdim deb aytsang bo'lardi
Qiynamasdan avvalroq ketsang bo'lardi
Boshidan begonalar etsang bo'lardi
Bugun meni o'zinga o'rgatingku sen
Bitsa qani azoblar bitsaydi dardlarim
Chiqmayapti ozorlar ketsa edi xasratlarim
Meni balki tushunarding o'qiganda xatlarim
Bugun meni o'zinga o'rgatingku sen
Sevmagansan sevib qolgan men yomon
Ishonib dil bergan o'sha men yomon
Bugun hayollaring ketar kim tomon
Axir meni o'zinga o'rgatingku sen